Abdusattorov 225 ming dollarlik turnirning blits yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 29 may kuni Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Norway Chess 2023” turniri boshlandi. Musobaqada o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Abdusattorov superturnir blits bahslarining 9 ta tur o‘yinida 6 ochko jamg‘arib, g‘alabaga erishdi. 29 may kungi dasturda Nodirbek AQSH vakili Fabiano Karuana, norvegiyalik Aryan Tari, amerikalik Uesli So, niderlandiyalik Anish Giri va hindistonlik Gukesh kabi taniqli shaxmat ustalarini mag‘lub etdi.

Shunday qilib, Abdusattorov turnirning blits yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi. U blits yo‘nalishida amerikalik Hikaru Nakamura va norvegiyalik Magnus Karlsen kabi azaliy raqiblariga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa ham, turnir jadvalida ularni ortda qoldirdi.

Bugun, 30 may kuni musobaqaning klassik yo‘nalishida bahslar start oladi. Turnir sovrin jamg‘armasi 225 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov Fabiano Karuana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing