Namangan hokimining avtomobili 5 yashar bolani urib yuborgani aniqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning xizmat avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchragani, u bir fuqaroni urib yuborgani haqida xabarlar tarqalgandi. Va nihoyat hokimlik matbuot xizmati tilga kirib, YTH sodir bo‘lgani haqidagi faktlari o‘ziga xos zaharxandalik bilan tasdiqladi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 12:50 lar chamasida Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi davlat raqami 50 010 DAV, Toyota Land Cruiser rusumli avtomobili Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 8-kilometrida baxtsiz hodisa tufayli yo‘lni kesib o‘tayotgan 2017 yilda tug‘ilgan fuqaroni turtib yuborgan. Yo‘lovchi zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. To‘liq tibbiy tekshiruv o‘tkazilgan, jiddiy shikastlanish aniqlanmagan, faqatgina yuz sohasida shilinish bo‘lgan, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qo‘shimcha davolanish talab etilmaydi.

“Hozirda yo‘lovchining ahvoli yaxshi va o‘zining uyida odatdagi hayotiy faoliyatini davom ettirmoqda”, deb yozmoqda hokimlik matbuot xizmati.

Shuningdek, alohida urg‘ulanishicha, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha barcha xujjatlar IIB tomonidan rasmiylashtirilgan.

Xo‘sh, YTH sodir bo‘lgan paytda hokim avtomobil salonida bo‘lganmi? Mashinani kim, qaysi tezlikda boshqargan? YTH kimning aybi bilan yuzaga kelgan. 5 yashar bola nazoratsiz qanday qilib katta yo‘lga chiqib qolgan? Agar YTH bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lsa, nega viloyat IIB bu haqida o‘sha kunning o‘zidayoq rasmiy axborot bermadi? Bu savollar hozircha ochiq qolmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Abdurazzoqov

Baholaganlar

651

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing