Prezident Namangan viloyati hokimini tayinladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shavkat Abdurazzoqovni Namangan viloyati hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin”, deyiladi farmonda.

Avvalroq, Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Shavkat Abdurazzoqov nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Shavkatjon Abdurazzoqov 2020 yil 25 sentyabrdan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi edi. U 1976 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Viloyat hokimligi, davlat mulki boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Shavkat Abdurazzoqov

Baholaganlar

320

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made