Abduraimova Australian Open'da salkam 30 ming AQSH dollar yutdi

Sport

image

O‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatini tark etdi. U saralash bosqichining ikkinchi davrasida chexiyalik Dominika Shalkovaga imkoniyatni boy berdi.

1 soat 20 daqiqa davom etgan o‘yin Shalkovaning 7:5, 6:4 hisoblaridagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bosqichgacha yetib borgani uchun Abduraimova 20 reyting ochkosi va taxminan 29 645 AQSH dollariga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada O‘zbekiston vakili braziliyalik Laura Pigossi ustidan g‘alaba qozongandi.

3 set davom etgan o‘yin Niginaning 7:5, 5:7 va 6:0 hisoblaridagi g‘alabasi bilan yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Nigina Abduraimova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing