Abdulla Oripovning professor akasi vafot etdi
Jamiyat
−
15 iyul 13605 1 daqiqa
Bugun, 15 iyul kuni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning akasi Abdurazzoq Oripov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, janoza namozi ertaga, 16 iyul kuni soat 08:00 da Qarshi shahri “Samarqand” mahallasi, Yangi tong ko‘chasi, 23-uyda o‘qiladi.
QALAMPIR.UZ marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Ma’lumot uchun, Abdurazzoq Oripov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining O‘simlikshunoslik va yem-xashak yetishtirish kafedrasi professori bo‘lib faoliyat yuritgan. U O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning akasi edi.
Abdulla Oripov – o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, tarjimon va jamoat arbobi. U O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni muallifi sifatida ham tanilgan. Shoirning “Munojot”, “Sohibqiron”, “Haj daftari” kabi asarlari o‘zbek adabiyotida muhim o‘rin egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Abdulla Oripov 2016 yil 5 noyabr kuni AQSHning Xyuston shahrida 75 yoshida vafot etgan.
Live
Barchasi“Qo‘qon patiri” patentlandi
15 iyul