Abdulla Oripovning qizi ham deputatlikka da’vo qilyapti
Jamiyat
−
25 noyabr 2019
16482Ma’lumki, joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Mazkur saylovda nomzodlar qatorida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri marhum Abdulla Oripovning to‘ng‘ich qizi – Yulduz Oripova ham nomzodini ilgari surgan. Uning nomzodi “Xalq” demokratik partiyasidan tuman deputatligiga ko‘rsatilgan.
Yulduz Oripova 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1993 yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti rus filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Yulduz Oripova jurnalistik faoliyati orqali yaxshi tanilgan. U ko‘p yillar “Yoshlar” teleradiokanalida muharrir, bosh muharrir, “O‘zbekiston ovozi” gazetasida muharrir bo‘lib ishlagan. Ayni vaqtda “Xalq” demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
LiveBarchasi