Abdulla Oripovni Mirziyoyevdan boshqa hamma unutgan edi – Shoirning rafiqasi
Intervyu
−
19 mart 2019
26995Avvalroq, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, mamlakat madhiyasi muallif Abdulla Oripovning rafiqasi Hanifa Mustafoyeva OAVga intervyu bergani haqida xabar qilgan edik. Unda Hanifa Mustafoyeva Abdulla Oripov umrining so‘nggi 7 yilida norasmiy taqiqlarga uchragani haqida aytgandi.
O‘tgan yillarda Abdulla Oripov nafaqat davlat hokimiyati organlari, rasmiylar va amaldorlar tarafidan, balki shogirdlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati va a’zolari tomonidan ham unutilgan. Bu haqda Hanifa aya shunday deydi:
“Oxirgi 7 yilda Abdulla akaning ko‘ngliga ozgina yorug‘lik kirgan bo‘lsa, ozginagina ruhi ko‘tarilgan bo‘lsa, shu Shavkat aka tufayli. Undan boshqa hamma, hatto, shogirdlari ham yuz o‘girib ketdi. Shunday davrlar keldiki, eshikni yonidan o‘tishsa ham, uyga kirishmasdi. Qo‘ng‘iroq qilsalar, Yozuvchilar uyushmasidagilar javob bermasdi. Hatto, poliklinikaga qo‘ng‘iroq qilsa, poliklinika vrachi go‘shakni ko‘tarmas edi. “Anavi chol telefon qilyapti”, der ekan”.
Abdulla Oripovning rafiqasi shu 7 yil davomida shoirdan faqat o‘sha vaqtdagi Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev xabar olib turganini aytadi.
“7 yilda faqat Shavkat aka Navro‘z va Yangi yil bayramlarida yo‘qlab turardi. Shavkat akani men ilk bor Mirzo Ulug‘bek tumanida hokim bo‘lgan davrida taniganman. Undan keyin Jizzaxda, Samarqandda ishladilar. Lekin hamma vaqt Abdulla aka bilan doimiy aloqada bo‘lar edilar”, deydi Hanifa Mustafoyeva.