O‘zbek adabiyoti og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, adib, shoir, publisist, tarjimon Qamchibek Kenja 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Qamchibek Kenja 1946 yil 15 avgustda Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Gurkurov qishlorida tug‘ilgan, ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan.

Uning “Sog‘inch” (1975) dastlabki she’riy to‘plami, “Yashil barg” birinchi hikoyalar to‘plami nashr etilgan, “Ko‘ngil ko‘chalari” (1979), “Ishqing tushsa” (1981), “Orzumandlar” (1982), “Notanish gul” (1986), “Tog‘ yo‘lida bir oqshom” (1987), “Sohildagi suv parisi” (1993), “Qizil gullar” (1995), “Soxibjamol ayol siri” (1996), “Kulgibaxsh umr” (1997), “Boburiylardan biri” (2000), “Baxt qushi yoki ushalgan orzular” (2001), “Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar” (2005), “Saylanma” (1-kitob, 2006) kabi nasriy va nazmiy asarlar yozgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 mart kuni taniqli jurnalist, yozuvchi, tarjimon va sobiq deputat Karim Bahriyev 64 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qamchibek Kenja madaniyat xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar