Abdulla Qodiriy ko‘chasidan KHAYga olib chiquvchi yo‘l ochildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Kichik halqa avtomobil yo‘liga o‘tish yo‘li ochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar qildi.

“Qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB tashabbusi bilan poytaxt hokimiyati bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa avtomobil yo‘liga o‘tish yo‘lini ochish bo‘yicha ishlar olib borildi”, deyilgan xabarda.

Avvalroq, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Do‘rmon yo‘li ko‘chasining bir qismi joriy yilning 5 iyuligacha yopilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'cha KHAY

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing