Abdulla II To‘qayevga ham orden berdi

Olam

image
To‘qayev Rahmonning o‘g‘liga orden berdi north_east

To‘qayev Rahmonning o‘g‘liga orden berdi

Bugun, 27 avgust kuni Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi doirasida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni Iordaniyaning “An-Nahda” (“Renessans”) ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Aqorda xabar berdi.

Abdulla II To‘qayevning Iordaniya va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi katta ekanini ta’kidladi. Prezident To‘qayev Abdulla II ibn al-Husaynga va Iordaniya xalqiga yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlangani uchun minnatdorlik bildirdi.

“Ushbu mukofotni buyuk davlat arbobi va yetakchi sifatida siz, janobi oliylariga samimiy hurmat-ehtirom tuyg‘usi bilan qabul qilaman. Ushbu muhim voqeani Qozog‘iston bilan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi o‘rtasidagi yaqin va ishonchli munosabatlarning chuqur ramziy belgisi, deb bilaman. Biz hamkorlikning yangi ufqlari belgilab berilgan muzokaralarimiz natijalariga katta ahamiyat beramiz. Ishonchim komilki, bunday salmoqli tashrif natijalari sherikligimizni yanada mustahkamlashga kuchli turtki beradi. Aminmanki, konstruktiv muloqotimiz va yaqin hamkorligimiz bundan keyin ham kengayib, yangi yo‘nalishlarni qamrab olib, nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, balki mintaqaviy va global barqarorlikka ham salmoqli hissa qo‘shadi”, degan Qozog‘iston rahbari.

To‘qayev joriy yilning 29 iyul kuni Turkiyaga qilgan tashrifi paytida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan mamlakatning eng oliy mukofoti – “Davlat Nishoni” ordeni bilan taqdirlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla II ibn al-Husayn 25 avgust kuni davlat tashrifi bilan Samarqandga kelgandi. Samarqand shahri aeroportida Iordaniya Podshohini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Keyin Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimiy Samarqand shahrining ulug‘vor tarixiy obidalari bilan tanishdi. Yetakchilar kechqurun Samarqand xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik majmuasini ham borib ko‘rdi. 26 avgust kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Iordaniya rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi. Keyin muzokaralar bo‘lib o‘tdi va uning yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Iordaniya podshohining davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Iordaniyaning “An-Nahda” (“Renessans”) ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu mamlakatning oliy mukofotini davlat rahbariga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn shaxsan topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Iordaniya To'qaev Abdulla II ibn al-Husayn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing