Abdulla Aripov va Otabek Umarov Grozniyda Ramzan Qodirov bilan uchrashdi (video)
Jamiyat
−
17 iyul
15642Kecha, 16 iyul kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Chechenistonning Grozniy shahrida o‘tkazilayotgan Kavkaz investitsiya forumi doirasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashdi. Bu haqda Qodirovning Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida hududlar o‘rtasidagi qator sohalardagi hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, strategik hamkorlikni rivojlantirish mavzusiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
“Checheniston O‘zbekiston bilan yaqin qardoshlik munosabatlarini qadrlaydi va bu aloqalarni yanada mustahkamlashga intiladi”, deb yozdi Qodirov.
Shuningdek, Bosh vazir Aripov Ramzan Qodirovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazgan.
“Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yaqinda bo‘lgan tashrifi Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarida yangi sahifa ochdi”, deydi Aripov.
Bildirilishicha, suhbatdan so‘ng Abdulla Aripov va Otabek Umarov Grozniy xalqaro aeroportiga yo‘l olgan.
LiveBarchasi