Abdulla Aripov “Tolibon” delegatsiyasi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Delegatsiya tarkibida 300 nafarga yaqin afg‘onistonlik tadbirkorlar va ishbilarmonlar o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston hukumati portalida ma’lum qilindi.

Bugun, 3 iyul kuni Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalar do‘stlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslanib, rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

“Tomonlar iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, transport-logistika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. O‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha aniq choralar belgilandi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Bildirilishicha, Afg‘oniston delegatsiyasining mamlakatga tashrifi 6 iyulga qadar davom etadi. Tashrif doirasida bir qator vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar, ikki tomonlama biznes-forum hamda Afg‘oniston mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, mehmonlar Toshkent va Samarqand shaharlaridagi qator ishlab chiqarish korxonalariga boradi hamda madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Abdulla Aripov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing