Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur xalq hukumati raisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

“Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda hududlararo hamkorlik ham jadal rivojlanib bormoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida O‘zbekistonga Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Shensi, Shandun, Szyansu, Szyansi, Anxoy va boshqa provinsiyalar rahbarlari kelgan.

Muloqot davomida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, shu bilan birga, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Erkin Tuniyaz O‘zbekistonga kelishidan oldin Qozog‘istonda bo‘lgan va uni Prezident Qosim-Jomart To‘qayev qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1 mart kuni Abdulla Aripov Xitoyning Qashg‘ar shahriga safari davomida Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Abdulla Aripov Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing