Abdulla Aripov SHHTning Xitoy bo‘yicha rahbari bilan uchrashdi
Jamiyat
−
02 iyun
2003Joriy yilning 1-2 iyun kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi hududlararo forumining yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 2 iyun kuni Xitoy Xalq Siyosiy maslahat kengashining raisi o‘rinbosari, SHHTning qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi raisi Shen Yueyue bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Shen Yueyue Xitoy rahbari Si Szinpin va Xitoy Xalq Siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xuninning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llangan samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazib qo‘yishni so‘radi. Xitoy O‘zbekistonning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va milliy manfaatlari yo‘lida olib borayotgan siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.
Kecha, 1 iyun kunidan boshlab davlatlar o‘rtasida kuchga kirgan vizasiz tartib ikki mamlakat ishbilarmonlari doirasida aloqalarni rivojlantirish hamda sayyohlar oqimini yanada oshirishda muhim o‘rin tutishi, shuningdek, Samarqand shahrida o‘tkazilgan ikkinchi hududlararo forumi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hamda imzolangan hududlararo bitimlar va tijorat shartnomalari o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish, xususan, savdo-iqtisodiy, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, madaniy-gumanitar hamda ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29-30 aprel kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Xitoyning Urumchi shahrida bo‘lgandi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul