Abdulla Aripov SHHT Bosh vazirlar kengashi majlisida qatnashmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 30 noyabr kuni Shayxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlarining kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi. 

Shuningdek, onlayn-uchrashuvda Hindiston vitse-prezidenti Muppavarapu Venkaya Naydu, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi raisi Li Ketsyan, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Artyom Novikov, Pokiston Islom Respublikasi Milliy Assambleya deputati, parlament kotibi Abbos Andlib, Rossiya Federatsiyasi Hukumat raisi Mixail Mishustin, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda ishtirok etmoqda. 

Kun tartibiga muvofiq, hukumat rahbarlari yangi koronavirus infeksiyasining iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish, SHHTga a’zo davlatlar iqtisodiyotini raqamlashtirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish, milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitob amaliyotini kengaytirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Onlayn-anjuman doirasida 2035 yilgacha ko‘p qirrali savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘yicha 2012-2025 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish va Raqamli davrda olis va qishloq joylarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasi bo‘yicha fikr almashiladi.

Majlis ishtirokchilari SHHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyati bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqadi.

SHHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma kommyunike qabul qilinishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT Abdulla Aripov

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing