Abdulla Aripov “Olmaliq KMK” AJ kuzatuv kengashi a’zosi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi a’zosi etib saylandi. Bu haqda korporativ axborot yagona portalida ma’lumot keltirilgan. 


“Olmaliq KMK” AJ kuzatuv kengashi a’zolari orasida:

Timur Ishmetov – moliya vaziri;
Olimxon Rustamov – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari;
Sunnatilla Bekenov - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori; 
Qobul Shodiyev - SFI Management Group kuzatuv kengashi a’zosi; 
Qodir Hasanov - SFI Management Group kuzatuv kengashi a’zosi; 
Ulug‘bek Muhammedov - SFI Management Group bosh direktori; 
Azamat Shamsiyev - SFI Management Group moliyaviy direktori; 
Mels Ahmedov - SFI Management Group yuridik masalalar bo‘yicha direktori ham qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri Shavkat Samatov “Olmaliq KMK” AJ kuzatuv kengashi a’zolari tarkibidan chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing