Abdulla Aripov qozog‘istonlik mavqedoshi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida ikki mamlakat hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlangan. Ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish bo‘yicha hukumatlar oldiga aniq vazifalar belgilab berilgani, bularni bajarish uchun birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rish lozimligi qayd etilgan.

"Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan, shu jumladan, tovar ayirboshlashni oshirish, sanoat kooperatsiyasi, transport-logistika, energetika, suv xo‘jaligi, madaniy-gumanitar sohalaridagi loyihalarni ilgari surish borasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini to‘liq ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi", deyiladi xabarda.

Qolaversa, ikki mamlakat Bosh vazirlarining o‘rinbosarlari va boshqalar mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holati yuzasidan ma’lumot bergan. Qozog‘iston hukumati delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Bojxona rasmiylashtiruvi markazi va Texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Oljas Bektenov bilan uchrashgani haqida xabar qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov Bosh vazir Oljas Bektenov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing