Abdulla Aripov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Jamiyat

image

Bugun, 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov 60 yoshga to‘ldi. Unga O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yuksak mukofot bilan taqdirlandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, davlat idoralaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Abdulla Aripov 2016 yildan beri O‘zbekiston Bosh vaziri sifatida faoliyat yuritmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Aripov

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing