Abdulla Aripov chegaradagi muammo bo‘yicha Kubatbek Boronov bilan uchrashadi
Jamiyat
−
01 iyun 2020
9902Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov Botken viloyatiga keldi. Bu haqda hukumat apparatining axborot bo‘limi ma’lum qildi, deya xabar berdi “kaktus media”.
Aniqlik kiritilishicha, Boronov Botken viloyatining Qadamjoy tumaniga kelgan. Shu yerda u O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashadi va kecha ikki davlat chegara hududida yashovchi aholi o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvni muhokama qiladi.
Boronov, shuningdek, huquq-tartibot idoralari va mahalliy hokimiyat vakillari bilan tezkor yig‘ilish o‘tkazadi.
Qayd etilishicha, hozirda chegarada vaziyat barqarorlashgan. Hokimiyat xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Tegishli idoralar vaziyatga oydinlik kiritish ustida mahalliy aholi bilan birgalikda ish olib boryapti.
Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni Qirg‘izistonning Chechma va O‘zbekistonning Chashma qishlog‘i aholi o‘rtasida mojaro yuz berdi. Tomonlar bir birlarini toshbo‘ron qilib,uylarga o‘t qo‘yib yubordi. Mojaro suvdan foydalanish ustida kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi