Qirg‘iziston va O‘zbekiston kelishib oldi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahalliy hokimiyatlari o‘rtasida Batken viloyatining Qadamjoy tumanidagi Chechme qishlog‘i va So‘x viloyatining Chashma qishlog‘i aholisi o‘rtasidagi mojaroni hal qilish yuzasidan olib borilgan muzokaralar yakunlandi. Natijada ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari tomonidan hududni birgalikda patrul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi hukumati apparati axborot ta’minoti bo‘limi xabar qildi.

"Hodisa ro‘y berganidan beri Qirg‘iziston hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirdi va joylarda ziddiyatni kamaytirish va mojaroning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun umumiy harakatlarni amalga oshirdi va mahalliy hokimiyat va huquqni muhofaza qilish idoralariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tomonlar muzokaralarni bugun, 1 iyun kuni davom ettiradilar", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanganidek, ushbu qishloqlarning aholisi o‘rtasida jamoat tartibini saqlash va chegaralararo hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni kuchaytirishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Mahalliy aholi mojaro joyini tark etgan.

"Vaziyat nisbatan barqarorlashdi", deydi hukumat vakili.

Avvalroq, ushbu mojaroga nima sabab bo‘lgani haqida yozgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston O'zbek-qirg'iz mojaro

Baholaganlar

545

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing