Abduqodir Husanov oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Sport
−
06 fevral 1860 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Husanovdan tashqari Bernardu Silva va Janluidji Donnarumma nomzodi ham yanvar oyining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishi ko‘rsatilgandi. G‘olib klubning rasmiy veb sahifasida ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov yanvar oyida “Manchester Citi” safida to‘rtta musobaqa doirasida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushdi. Hozirda “shaharliklar” APL jadvalida 47 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi eng tezkor futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi