Abduqodir Husanov Fransiya chempionati ramziy jamoasiga kiritildi
Sport
−
02 yanvar 6240 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining yarim yillik ramziy terma jamoasiga kiritildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi ham kiritilgan himoya to‘rtligidan PSJ himoyachilari Ashraf Hakimi, Villiam Pacho va Nuno Mendesh joy oldi.

Ma’lumot o‘rnida, 20 yoshli markaziy himoyachi 2023 yilda klub safiga kelib qo‘shilgan va u joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etdi. Husanovning narxi “Transfermarkt” portalida 12 million yevro etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Abduqodir Husanov yana bir mavsum “Lans”da qolishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr