Abduqodir Husanov Britaniya vizasi uchun hujjat topshirdi
Sport
−
09 yanvar
6634O‘zbekiston terma jamoasi va “Lans” klubi futbolchisi Abduqodir Husanov qishki transferlar oynasida “Manchester Siti”ga o‘tishi tobora aniqlashib bormoqda. Bu haqda “Telecomasia.net” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan hafta o‘zbekistonlik markaziy himoyachi va uning vakillari Buyuk Britaniya ishchi vizasiga ariza bergan. Husanov va uning agentlari shu oyning oxiriga qadar Manchesterga uchib, shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Abduqodirga vakillik qiluvchi agentlik “Manchester Siti”ni tanlagan. Bunga bosh murabbiy Gvardiolaning shaxsan o‘zi ushbu transferga qiziqishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 20 yoshli himoyachi 2023 yilda Belarusning “Energetik BGU” jamoasidan 100 ming yevro evaziga “Lans”ga transfer qilingandi. Husanov jamoa safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi. Uning Fransiya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Abduqodir Husanovning narxi “Transfermarkt” portalida 12 millionga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, o‘zbekistonlik markaziy himoyachi bir oyog‘i bilan “Manchester Siti”ga o‘tganligi haqida xabar berilgan edi.