Abdimuxtor Ergashev Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
03 mart 2021
8104Moliya vazirining o‘rinbosari Abdimuxtor Ergashev Ergashevich lavozimini tark etdi. Bu haqda Moliya vazirligi Axborot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Moliya vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Abdimuxtor Ergashev boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etilgan.
U 2019 yil mart oyidan boshlab ushbu lavozimda ishlab kelgan va agrosanoat majmuasi masalalari bo‘yicha mas’ul bo‘lgan. Moliya vazirligiga o‘tishidan avval Abdimuxtor Ergashev 2018-2019 yillarda Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Abdimuxtor Ergashev 1977 yili Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Dastlab, Termiz davlat universiteti, 2004 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 2009 yilda Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
LiveBarchasi