Abbosbek Fayzullayev ham “Bashakshehir”ga o‘tishga yaqin – OAV

Sport

image

Kuni kecha Eldor Shomurodov ko‘chib o‘tgan Istanbulning “Bashakshehir” klubi boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi,  Rossiyaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevni ham o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda turkiyalik jurnalist Usmon Altunterim ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Fayzullayevning “Bashakshehir”ga transferi borasida katta siljish bo‘lgan. Futbolchining o‘zi ham Istanbul klubiga o‘tishni xohlamoqda. Ikkala klub o‘rtasida transfer summasi bo‘yicha talab va takliflarda katta tafovut yo‘q, bu esa muzokaralarning ijobiy yakunlanishiga umid uyg‘otmoqda.

Ma’lumot uchun, Abbosbekning SSKA bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor. “Transfermarkt” nashri futbolchini 8 million yevroga baholagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik 29 yoshli xujumchi Eldor Shomurodov Italiyaning ”Roma” klubidan Turkiyaning Istanbul shahri sharafini himoya qiluvchi “Bashakshehir” klubiga ko‘chib o‘tgani xabar qilingandi. Istanbul klubi Shomurodovni 2025-2026 yilgi mavsum so‘ngiga qadar sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Abbosbek Fayzullaev Bashakshehir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing