Abbosbek Fayzullayev ham “Bashakshehir”ga o‘tdi
Sport
−
21 iyul 17253 1 daqiqa
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi va Rossiyaning SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Istanbulning “Bashakshehir” klubiga o‘tdi. Bu haqda “Sport-Exspress” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Fayzullayevning transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil etgan. SSKA 21 yoshli futbolchi uchun to‘lovni turk klubidan bir martalik to‘liq to‘lov shaklida olgan.
SSKA bugun, 21 iyul kuni Rossiya Premer Ligasi doirasida “Orenburg”ga qarshi maydonga tushadi. Fayzullayev ushbu bahs uchun qaydnomaga kiritilmagan.
Hozircha Fayzullayev Istanbul klubi bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Abbosbekning SSKA bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 21 yoshli futbolchi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik 29 yoshli xujumchi Eldor Shomurodov Italiyaning “Roma” klubidan Turkiyaning Istanbul shahri sharafini himoya qiluvchi “Bashakshehir” klubiga ko‘chib o‘tgani xabar qilingandi. Istanbul klubi Shomurodovni 2025-2026 yilgi mavsum so‘ngiga qadar sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olgan.
Live
Barchasi