Hakimi zilzila jabrlanuvchilari uchun qon topshirdi

Olam

image

Marokash va PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi terma jamoadagi futbolchilar bilan birgalikda Marokashdagi fojiali zilziladan keyin jarohatlanganlarga yordam berish uchun donor sifatida qon topshirmoqda. Bu haqda “Sports Brief” nashri xabar berdi.

Marokashda sodir bo‘lgan fojiali zilziladan so‘ng jahon hamjamiyati, shu jumladan, futbol olamining yetakchilari ham ushbu ofatdan jabr ko‘rgan aholiga yordam berish uchun harakat qilmoqda. PSJ o‘yinchilari ham qon topshirish orqali bunga o‘z hissasini qo‘shyapti.

“Biz barchamiz hamkorlik qilamiz va qon topshirish orqali yaradorlarni qutqarishda o‘z hissamizni qo‘shamiz”, dedi u.

Futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali Shimoliy Afrika xalqiga o‘zining hamdardligini bildirdi va boshqalarni ham yordam berishga chaqiryapti. 

“Qon berish - imkon qadar ko‘proq hayotni saqlab qolish demak. Bu har bir kishining mas’uliyatidir”, deb yozgan Hakimi o‘zining X sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, taniqli futbolchi Krishtianu Ronaldu "Pestana CR7" to‘rt yulduzli mehmonxonasini Marokashdagi zilziladan jabr ko‘rganlarga boshpana uchun berdi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila donor qon Ashraf Hakimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing