Ahvoli og‘irlashgan Atamboyevga Putinning klinikasida davolanishga ruxsat berilmadi

Olam

image

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevning sog‘lig‘i ahvoli tashvishli. Bu haqda Jo‘qorg‘u Kenesh deputati, Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Seyid Atamboyev (Olamedin tumani) yozmoqda. 

24 avgust kuni u otasini ko‘rgani borgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyevning sog‘lig‘i yomon.

“U osma ukol olmoqda, ammo bu yordam bermayapti, buni uning ahvolidan bilish mumkin. Bosim juda past, ko‘tarilmayapti”, deb yozadi u.

Sobiq Prezidentning advokatlari uning sog‘lig‘i haqida to‘g‘ri fikr bildirishdi, deya qo‘shimcha qilgan Seyid Atamboyev.

“Yaxshi odamlar, u nima bo‘lishidan qat’iy nazar, mamlakatimiz uchun juda ko‘p ish qildi. Keyin juda kech bo‘ladi!”, deb yozgan u.

Avvalroq Sotsial-demokratlar partiyasi yetakchisi Temirlan Sultonbekov Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni Moskvaga qo‘yib yuborishni so‘rab murojaat qilgan edi. Murojaatiga u Rossiya Prezidenti ma’muriyati markaziy klinik shifoxonasidan hujjat ilova qilgan.

Almazbek Atamboyevning advokati Zamir Jooshev o‘z himoyasidagi shaxs va uning oilasining Moskvada davolanish imkoniyati yuzasidan yo‘llagan so‘roviga Jazoni ijro etish xizmati (JIX) bergan javobni e’lon qildi. Xizmat Atamboyevning Moskvada davolinishini rad etgan.

“Va biz bu javobni inson salomatligi va yashash huquqining buzilishi sifatida qabul qilamiz. Milliy kardiologiya va terapiya markazi Atamboyevning sog‘lig‘i bizning mamlakatimizda amalga oshirilmaydigan tibbiy aralashuvni talab qiladi, degan xulosaga kelgan. JIX javobida Almazbek Atamboyev hozirda koloniyada davolanayotgani aytilgan, bu – achinarli. Mening ma’lumotlarimga ko‘ra, Atamboyevga hech bo‘lmaganda kamera bo‘ylab harakatlanishi uchun mildronat, meksidol va B vitamini ko‘rinishidagi mustahkamlovchi tomchilar berilmoqda”, deydi Jooshev.

Jooshev JIXning javobi va Atamboyevning o‘zi Kardiologiya va terapiya millliy markazida (KTMM) davolanishdan bosh tortgani haqidagi ma’lumotdan g‘azablangan. Negaki Almazbek Atamboyev yaqinda KTMMda davolangan.

Jooshevning ta’kidlashicha, u va uning himoyasidagining oilasi Atamboyevni uyiga emas, balki davolanishga qo‘yib yuborishni so‘ramoqda. Shu bilan birga, advokat davolanishdan so‘ng Atamboyev sud tomonidan tayinlangan muddatni o‘tashni davom ettirish uchun mamlakatga qaytishini kafolatlaydi.

Almazbek Atamboyev Moldovanovka qishlog‘idagi 27-sonli koloniyada saqlanmoqda. Sobiq Prezident kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ravishda ozod etilgani ishi bo‘yicha mol-mulki musodara qilingan holda 11 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. 

Bundan tashqari, sud unga qarshi ikkita ishni ko‘rib chiqishda davom etmoqda: 2019 yildagi Qo‘y-Tosh voqealari bo‘yicha u bir nechta jinoiy ishlarni, shuningdek, Atamboyevga mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblangan 2010 yil iyun voqealari bo‘yicha ishni birlashtiradi. 

Atamboyevning ahvoli

May oyi oxirida Almazbek Atamboyev Milliy Kardiologiya markaziga yotqizilgan edi. 

Avvalroq sobiq prezidentning advokatlari uni shifoxonaga yotqizish uchun bir necha bor ruxsat so‘rashgan. Atamboyev sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli bir necha bor sud zalidan tez yordam mashinasida koloniyaga olib ketilgan. 

Qiynoqlarning oldini olish milliy markazi xabar berishicha, sudga majburan olib kelingani sababli sobiq Prezidentning sog‘lig‘i keskin yomonlashmoqda. 

Atamboyev huquq himoyachilariga o‘tirishga ham, turishga ham imkon bermayotgan bel qismidagi kuchli og‘riq, ozgina harakatda havo yetishmasligi, qo‘l va oyoqlaridagi uyqusizlikdan shikoyat qilgan. 

47-sonli koloniyadagi tibbiy axloq tuzatish muassasasi bosh shifokori sobiq Prezident to‘liq ko‘rikdan o‘tishi va davolanishi zarurligini ta’kidlagan. 

Aprel oyida Atamboyev Bishkekdagi 47-koloniyadan Chuy viloyati Moldovanovka qishlog‘idagi 27-koloniyaga ko‘chirilgan edi. Sobiq Prezident va uning sheriklari 2019 yil 8 avgust kuni ikki kunlik tergovdan so‘ng hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing