“Aholidan sabr qilishini so‘raymiz”. Toshkentda isitish mavsumi qachondan boshlanishi ochiqlandi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida isitish mavsumining qachondan boshlanishi bilan bog‘liq bir-biriga qarama-qarshi fikrlar ko‘paymoqda. Shu munosabat bilan shahar hokimligi aholiga holat yuzasidan tushuntirish berdi. 

Ma’lum qilinishicha, isitish mavsumi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan isitish mavsumini ma’lum sanadan boshlash tavsiyasi olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi.

“Poytaxt aholisidan vaziyatga to‘g‘ri baho berib, sabr qilishlarini so‘raymiz hamda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini ma’lum qilamiz. Isitish mavsumining boshlanishi jiddiy jarayon bo‘lib, biz bunga bor mas’uliyatimiz bilan yondashamiz”, deyiladi hokimlik xabarida. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-son qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent isitish mavsumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing