“Ahmoqlik qilmang!” – Trampning Erdo‘g‘anga yozgan maxfiy maktubi oshkor bo‘ldi
Olam
−
18 Oktabr 2019
7832AQSH Prezidenti Donald Tramp Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Suriyadagi “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasi boshlanishidan avval tahdidli xat yo‘llagani ma’lum bo‘ldi. O‘z navbatida Erdo‘g‘an xatni chiqindi qutisiga tashlagani aytilyapti.
9 oktyabr kuni yuborilgan xat oradan bir hafta o‘tibgina ma’lum bo‘ldi. Qayd etish kerak maktubda prezidentlar orasida mavjud bo‘lgan muloqot madaniyatiga zid o‘laroq Trampning tvitlarida qo‘llovchi so‘zlashish uslubi aralashib ketgan.
“Hurmatli janob Prezident, keling, yaxshi kelishuv tuzaylik. Siz minglab odamlarning qoni to‘kilishida ayblashlarini xohlamaysiz, men esa Turkiya iqtisodining vayron bo‘lishi uchun mas’ul bo‘lgim yo‘q, ammo shunday qilish qo‘limdan keladi. Buning qanday bo‘lishini ruhoniy Brenson ishida misol tariqasida biroz ko‘rsatganman.
Men sizning muammoingizni hal qilish uchun ko‘p harakat qildim. Keling butun dunyoga pand bermaylik. Siz ajoyib kelishuvga erishishingiz mumkin. [Kurd] generali Mazlum siz bilan muzokara o‘tkazishni xohlayapti. U siz avval hech erishmagan darajada yon berishga tayyor”, deb yozgan Donald Tramp
AQSH Prezidenti o‘z xatida kurd generali Mazlumdan maktub olgani, u Vashingtondan Turkiya bilan muzokaralarda yordam so‘raganini ma’lum qilgan. Matnga ko‘ra, Tramp general Mazlumning xati nusxasini Erdo‘g‘anga ilova qilib yuborgan.
Buni to‘g‘ri va gumanitar tarzda amalga oshira olsangiz, tarix sizga ijobiy baho beradi. Agar oqibati yomonlikka olib kelsa, abadiy qonxo‘r degan nomni olasiz. Aytganidan qolmaydigan qaysar yigit bo‘lmang. Ahmoqlik qilmang! Keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman”, deya o‘z xatini yakunlagan Donald Tramp.
Rasmiy Anqara maktubni “diplomatik mulozamatdan mahrum”, deb baholangan. BBC`ning Anqaradagi manbasi Erdo‘g‘an xatni o‘qib, axlat idishiga tashlaganini aytgan. Maktubga javoban Erdo‘g‘an Suriyada harbiy operatsiya boshlashga buyruq bergan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya joriy yilning 9 oktyabr kuni Suriya shimolida “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyasini boshladi. Harbiy amaliyot kurd harbiy tuzilmalariga qaratilgan. Biroq mazkur amaliyot Suriyada yangi qochqinlar oqimini yuzaga keltirdi.
Suriya Hukumati Turkiya hujumlarining beshinchi kunida ularga qarshilik ko‘rsatishga qaror qildi. Suriya qo‘shinlari Halabdan shimolroqdagi Manbijga юборилди.
Donald Tramp “Tinchlik bulog‘i” operatsiyasi boshlanishidan bir necha kun oldin Turkiya Suriyaga qarshi harbiy harakat boshlasa mamlakat iqtisodini vayron qilish bilan tahdid qilgandi. 15 oktyabr kuni esa AQSH Turkiyani o‘z maqsadidan voz kechishga ko‘ndirish uchun unga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
LiveBarchasi