Ahmoqlar, Ukraina allaqachon yutqazdi – Tramp

Olam

image

AQSH sobiq prezidentining o‘g‘li kichik Tramp G‘arbning Ukrainaga nisbatan tashqi siyosatini tanqid qildi va NATOni Amerikaga "osilib olganlik"da aybladi. Bu haqida “Newsweek” xabar berdi.

Uning aytishicha, Ukraina Rossiya bilan urushda allaqachon mag‘lub bo‘lgan. 

“Katta urushlar, harbiy-sanoat kompleksini moliyalash endi yo‘q! Ahmoqlar, Ukraina bu urushda allaqachon yutqazgan, biz ularning hayotini shunchaki cheksiz xarajatlar evaziga qo‘llab-quvvatlayapmiz!”, degan u o‘z nutqida.

U AQSHning Kiyevga bergan yordamini birinchi marta tanqid qilmayapti. Bundan bir kun avval ham, "Ukraina bu urushda g‘alaba qozonishiga ishonadigan yoki hatto umid qiladigan jiddiy odamlar qolmaganini" aytgandi. 

Oq uyning ta’kidlashicha, Ukrainani moliyalashtirish Putinning Ukrainani anneksiya qilishi va keyin esa NATOga tahdidining oldini olish uchun zarur. Bu NATOning 5-moddasini ishga tushiradi, unga ko‘ra, a’zo davlatlar, shu jumladan AQSH ham har qanday a’zo davlatga qilingan hujumga javob berishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baydenning o‘g‘liga qarshi yangi ayblovlar qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Ukraina Newsweek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing