Ahmadjonov ortidan Omon G‘ofurov ham ish tashladi
Sport
−
17 iyun 2019
6827O‘zbekiston Professional futbol ligasiga 2017 yilning 10 oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Omon G‘ofurov boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi. Bu haqda PFL rasmiy saytida xabar berildi.
“O‘tgan vaqt davomida mamlakat futbolini rivojlantirish yo‘lida qo‘limizdan kelgancha ishladik. Mana shu davrda yelkama-yelka mehnat qilgan jamoamizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiraman. Mashaqqatli yo‘lda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi rahbariyatiga kuch-quvvat, omad va zafarlar tilayman. Ish bor joyda albatta xato va kamchiliklar ham bo‘ladi. Buning uchun mamlakat futboli jamoatchiligidan, futbol muxlislaridan uzr so‘rayman. O‘zbekiston futboli va uning muxlislari katta g‘alabalarga munosib. Hammasi uchun rahmat”,deb aytib o‘tdi Omon G‘ofurov o‘z arizasi haqida ma’lumot berib.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 13 iyun kuni O‘FA vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan Umid Ahmadjonov ham bo‘shash haqida ariza yozgan edi. Uning o‘rnini 14 iyun kuni FIFA hakami Ravshan Ermatov egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Omon G‘ofurov PFL rahbari sifatida so‘nggi intervyuni QALAMPIR.UZ`ga bergan edi.
LiveBarchasi