Toshkentga UEFA delegatsiyasi tashrif buyuradi

Sport

image
Kelishilgan o‘yinlar, jinoiy javobgarlik va namanganliklarning e’tirozi haqida Ravshan Ermatov bilan suhbat  north_east

Kelishilgan o‘yinlar, jinoiy javobgarlik va namanganliklarning e’tirozi haqida Ravshan Ermatov bilan suhbat 

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatda futbol ommaviyligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash va futbolni yanada ravnaq topishiga qaratilgan tizimli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Endilikda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi – UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

Xususan, 9-13 mart kunlari UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske boshchiligidagi UEFA delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi va O‘FAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Tashrif doirasida O‘FA rahbari hamda xodimlari, PFL va Superliga klublari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. 

O‘FA hamda PFLning har bir yo‘nalish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganiladi hamda yakunda assotsiatsiya ish faoliyati samaradorligini oshirish, O‘zbekistonda futbol rivojlanish darajasini yanada ko‘tarishga yo‘naltiriluvchi qo‘shma loyihalar, mutaxasislarning Yevropaning yetakchi assotsiatsiyalarida malaka oshirishi, qolaversa, O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining muntazam ravishda Yevropada tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilinadi.

13 mart kuni esa mazkur tashrif yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

PFL UEFA O'FA

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing