Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi aniq. Revansh bo‘ladimi?

Sport

image

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi. WBA tashkiloti vaziyat yuzasidan yakuniy qarorga keldi.

Ahmadaliyev navbatdagi jangini yaponiyalik Tomoki Kamedaga qarshi eliminator maqomida o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Mazkur jang g‘olibi esa hozirda Marlon Tapalesga tegishli bo‘lgan kamar uchun majburiy da’vogarga aylanadi. 

“Matchroom” kompaniyasi Murodjon bahorda fillippinlik Marlon Tapalesdan uchragan mag‘lubiyatdan so‘ng revansh so‘rab tashkilotga murojaat yo‘llagan. Tapalesning jamoasi esa 25 iyul kuni WBC va WBO kamarlari uchun bo‘lib o‘tadigan Naoya Inoue va Stiven Fulton bahsi g‘olibiga qarshi mutlaq chempionlik jangida ishtirok etishni so‘ragan. 

Bu vaziyatda agar Tapalesning iltimosi inobatga olinsa va navbatdagi jangi mutlaq chempionlik uchun bo‘lsa, Ahmadaliyev revanshdan ikki qadam uzoqlashib ketadi. Ammo vaziyat teskarisiga aylansa, u o‘ziniki bo‘lgan kamarlarni qaytarib olishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning San-Antonio shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik Isroil Madrimov g‘alabaga erishgandi, WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev esa fillippinlik Marlon Tapalesga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ahmadaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing