Ahmadaliyev-Tapales to‘qnashuvi qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

Sport

image

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar filippinlik bokschi Marlon Tapalesga qarshi qachon jang o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Boxer TV” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ahmadaliyev-Tapales to‘qnashuvi 8 aprel kuni AQSHning Texas shtati, San Antonio shahrida bo‘lib o‘tadi. Kelayotgan haftada jang rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

28 yoshli Murodjon Ahmadaliyev professional boksda umumiy 10 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlarning barchasida g‘alaba qozongan. 30 yoshli Tapales esa profboksda 37 marta ringga ko‘tarilib, 34 ta g‘alaba qayd etgan va 3 ta jangda mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil iyun oyida Ahmadaliyev amerikalik Ronni Riosni mag‘lubiyatga uchratib, o‘ziga tegishli ikki kamarni uchinchi bor muvaffaqiyatli himoya qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ahmadaliev Tapales

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing