Inouening yangi jangi tasdiqlandi. Unga raqib Ahmadaliyev emas
Sport
−
22 Oktabr
5301Yaponiyalik professional bokschi, ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue IBF yo‘nalishi bo‘yicha avstraliyalik majburiy da’vogar Sem Gudman bilan jang qiladi. Bu haqda “Top Rank” promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Inoue-Gudman jangi 24 dekabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Mazkur vaznda o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev WBA kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi.
Inoue 2025 yilning ikkinchi yarmida WBC chempioni Junto Nakataniga qarshi ringga AQSHda jang qilishni rejalashtirgan. Hozircha yaponiyalik charm qo‘lqop ustasining rejalarida Ahmadaliyev bilan jang yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyev Inouega qarshi ehtimoliy jang bo‘yicha shikoyat bilan chiqqani xabar qilingandi. Shikoyatda Ahmadaliyevning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue bilan bo‘layotgan munozaralarga oydinlik kiritib, Inoue majburiy himoya jangidan qochayotganini va Ahmadaliyevning huquqlari poymol etilayotganini bildirdi.
LiveBarchasi