Ahmad Qurbonov 2 oyga hibsga olindi
Olam
−
19 dekabr
7685Rossiyalik general Igor Kirillovni o‘ldirishda gumonlanayotgan va O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilayotgan Ahmad Qurbonov 2 oyga hibsga olindi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, Moskva shahridagi Basmanniy sud zaliga Ahmad Qurbonov “Biz dunyoni qutqara olamiz” yozuvi tushirilgan futbolkada olib borilgan. Yopiq eshiklar ortida o‘tgan sud majlisida Qurbonov so‘ragan tarjimon ham ishtirok etgan. Yakunda sud uni 2025 yil 17 fevralga qadar hibsxga olgan. Qurbonovga nisbatan “portlovchi moddalarni noqonuniy ishlab chiqarish” ayblovi qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahridagi portlashda mamlakat Qurolli kuchlarining Radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov halok bo‘lgandi. Kirillovning o‘limida gumon qilinib, o‘zbekistonlik 29 yoshli erkak ushlandi. Shuningdek, TASS Rossiya xavfsizlik kuchlari o‘zbekistonlik hamkasblariga Igor Kirillovning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan shaxs haqida ma’lumot olish uchun murojaat qilgani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tegishli so‘rovni olgach, Igor Kirillovni o‘ldirishda gumon qilinib, Rossiyada qo‘lga olingan fuqaro haqidagi ma’lumotlarni darhol Moskvaga yuborgan.
Keyinchalik, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi rus generalining O‘zbekiston fuqarosi tomonidan o‘ldirilishi bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirib, gumonlanuvchi shaxs haqidagi ma’lumotni aniqlashtirayotganini ma’lum qildi.