Ahmad-Hoji Qodirov xotira turniri: o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Kecha, 18 avgust kuni Rossiya Federasiyasining  Checheniston Respublikasida boks bo‘yicha Ahmad-Hoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqada Rossiyaning bir necha hududi, Qozog‘iston, Belarus, Isroil, Ozarbayjon, Misr va O‘zbekistondan bokschilar ishtirok etgan. 

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin va 2 ta kumush medaliga sazovor bo‘ldi. G‘oliblar orasida 2016 yili Rio-de-Janeyroda (Braziliya) bo‘lib o‘tgan Olimpiyada o‘yinlar g‘olibi Hasanboy Do‘smatov ham bor.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida medal yutgan sportchilar bilan tanishing:

Oltin: 

-54 kg: Hasanboy Do‘smatov,

-60 kg: Dilshod Abdumurodov,

-86 kg: Shohjahon Abdullayev.

Kumush:

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev,

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev.

Ma’lumot uchun, Ahmad Qodirov 1951 yilda tug‘ilgan. Qodirov Buxorodagi Mir Arab madrasasi va Toshkent Islom institutida o‘qigan. U 1995-2000 yillarda Checheniston Respublikasining bosh muftiysi sifatida faoliyat olib borgan. Ahmad Qodirov qisqa vaqt mobaynida, ya’ni 2003 va 2004 yillarda Checheniston Prezidenti bo‘lib ham ishlagan. Ahmad Qodirov 2004 yil vafot etgan. Uning uch nafar farzandi (ikki qiz, bir o‘g‘il) bor. Uning o‘g‘li Ramzan Qodirov Checheniston Respublikasining amaldagi rahbari hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Hasanboy Do'smatov Ahmad-Hoji Qodirov xotira turniri

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing