9 yoshli bolani o‘ldirib, Qirg‘izistonga qochib ketgan o‘zbekistonlik 20 yildan keyin qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida pochchasidan o‘ch olish maqsadida 9 yoshli xolavachchasini o‘ldirib, Qirg‘izistonga qochib ketgan fuqaro 20 yildan keyin qamaldi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrida avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi I.A. 2000 yilda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida do‘kon va ish hajmini oshirgan. Buning ortidan I.A. ishchi kuchiga ehtiyoj seza boshlagan. Shundan so‘ng u xotinining jiyani A.A.ni yordamchi sifatida ishga olib, savdodagi barcha yumushlarni unga topshirgan. I.A. qaynog‘asiga yaxshi maosh ham to‘lagan.

2001 yil yakuniga kelib A.A. pochchasi berayotgan oylikka qanoat qilmasdan, g‘ayri qonuniy tarzda sotilgan tovarlarning pulidan ma’lum qismini o‘zlashtira boshlagan. I.A. bundan xabar topgach, qaynog‘asini ishdan bo‘shatib yuborishga majbur bo‘lgan. A.A. esa bu holatda o‘zini jabrlangan va tuxmatga uchragan odam sifatida ko‘rib, pochchasidan qasd olishni rejalashtirgan. A.A. avvaliga xolavachchasi Sh.A.ni o‘g‘irlab, qaytarib berish evaziga 15 ming dollar talab qilishni reja qilgan. Biroq unga Sh.A. 9 yoshli bola bo‘lgani uchun uni o‘ldirish osonroq tuyuladi. 

Shundan so‘ng, A.A. tanishi bilan birga Sh.A.ni aldab, shahar chekkasidagi qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasiga olib borib, avvaldan tayyorlab qo‘ygan simli arqon yordamida bo‘g‘ib o‘ldirgan. Keyin murdani qopga solib, O‘zbekiston tumanining sobiq Paxtaqaynar shirkat xo‘jaligidagi tashlama suv to‘planadigan ariqqa tashlab yuborgan. Bolaning jasadi 2002 yilning 14 mart kuni topilgan.

A.A. mazkur voqeadan 20 kun o‘tib, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga qochib ketadi. Shu bois 2002 yil 30 aprelda unga nisbatan sirtdan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e’lon qilingan hamda jinoyat ishining A.A.ga oid qismi alohida ish yurituviga ajratilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudining 2002 yil 14 iyundagi hukmi bilan u qonuniy jazoga tortilgan.

20 yil davomida qidiruvda bo‘lgan shaxs 2022 yilning dekabr oyida Qirg‘iziston huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari tomonidan ushlanib, O‘zbekistonga qaytarilgan. U jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v” va “p” bandlari bilan aybdor deb topilib, qonuniy jazoga tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made