9 oyda qancha inson YTH qurboni bo‘ldi?
Jamiyat
−
03 noyabr 2022
7251Joriy yilning yanvar va oktyabr oylari oralig‘ida, ya’ni, 2022 yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonda jami 6 ming 449 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Mazkur avtohalokatlar oqibatida esa 1494 nafar inson vafot etgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi boshlig‘i Mashrab Razzoqov ma’lum qildi.
Razzoqov YTHlarining sababini yo‘l infratuzilmasi yaxshi tashkil etilmagani bilan izohladi. Ya’ni, yo‘l transport hodisalarining 49,3 foizi yo‘l infratuzilmasining nobopligi sababli yuz bergan.
Shuningdek, piyodalar o‘tish yo‘lagi va inson omili bilan bog‘liq sabablar ham YTHini yuzaga keltirgan. Bunda 884 ta joyda piyodalar o‘tish yo‘lagi bo‘lmagani uchun, 822 ta holatda esa veloyo‘laklar tashkil etilmagani oqibatida shunday transport hodisalari kelib chiqqan. Bu esa umumiy YTHning 8,1 foizi deganidir.
Bundan tashqari, 509 ta transport hodisasiga yo‘lni ikkiga ajratuvchi to‘siqlarning o‘rnatilmagani sabab bo‘lgan.
381 ta hodisaga esa Razzoqov yo‘llar yoritilmaganini sabab qilib ko‘rsatilgan. Uning aytishicha, xuddi shuncha YTH piyodalarning harakatini cheklovchi to‘siqlarning yo‘qligi ortidan paydo bo‘lgan. Mutaxassis, shuningdek, yo‘lning transport oqimiga moslashtirilmaganligi, namgarchilik va muz ham YTHga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi boshlig‘i inson omili sababli yuz bergan YTH ham to‘xtalib o‘tarkan, 1315 ta holatda haydovchilarning tezlikni me’yoridan oshirganini aytdi. Bu esa jami avtohalokatlarning 20,1 foizini tashkil qiladi. Jumladan: haydovchining tajribasizligi oqibatida (445 ta), yo‘lda oraliq masofani saqlamaslik (354 ta), piyodalarga yo‘l bermaslik (362 ta), svetofor yoki yo‘l belgisiga rioya qilmaslik (148 ta), quyib o‘tish qoidasiga rioya qilmaslik (187 ta) oqibatida sodir etilgan.
LiveBarchasi