9 mln dollar kreditni qaytarmay, Rossiyaga qochgan o‘zbekistonlik ushlandi
3-sahifa
−
16 may
26897Bankdan qariyb 9 million dollar kredit olib, uni qaytarmagani uchun O‘zbekistonda qidiruvga berilgan shaxs Rossiyadan deportatsiya qilindi. Bu haqda kecha, 15 may kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volkka tayanib, Toshkentdagi Interpolning Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Bayonotga ko‘ra, Moskva va Toshkentdagi Interpolning Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida yirik miqdordagi o‘zlashtirish jinoyatida ayblanayotgan fuqaro aniqlanib, O‘zbekistonga qaytarilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs O‘zbekistonda tijorat firmasining rahbari lavozimini egallab turgan paytda paxta yetishtirish maqsadida bankdan qariyb 9 million dollar kredit olgan. Biroq ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan 20 million dollar atrofida daromad topgach, u kreditni qaytarmasdan mamlakatni tark etgan.
O‘zbekiston huquq-tartibot organlari ushbu shaxs Rossiyaga borishi mumkinligi haqida ma’lumot bergach, Rossiya Interpol xodimlari darhol chora ko‘rgan. Qidiruvdagi shaxs Vnukovo aeroportida samolyot qo‘ngan zahoti ushlangan.
Tekshiruvlardan so‘ng shu kuni u O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. Bu yerda ham u aeroportning o‘zida mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjonda 2000 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi S.O‘.ning jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun ekstraditsiya qilinishi yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasining so‘rovi qanoatlantirilgandi. U O‘zbekistonning vakolatli organlariga Ozarbayjon Adliya vazirligi Penitensiar xizmatining maxsus konvoyi kuzatuvida topshirilgan.
LiveBarchasi