9 may kuni bayram salyuti tashkil etiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9 may kuni kechqurun 21:00da Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil etiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yo‘ldoshev AOKAda o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Bayram munosabati bilan Shon-sharaf muzeyida Mudofaa vazirligi tomonidan 30 dan ziyod nufuzli tashkilotlar xodimlari, fan arboblari ishtirokida “II jahon urushida erishilgan g‘alabalarga o‘zbekistonliklarning qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro amaliy konferensiya o‘tkazilgan.

Shuningdek, frontdan kelgan maktublarni jamlagan “Askarlar maktublari” tumanlar kesimida va alifbo shaklida nomlari bitilgan “Vatan fidoyilari” kitoblarining nishona nusxalari tayyorlangani aytildi. Mazkur kitoblar 10 may kunigacha chop etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining joriy yilning 29 aprelidagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq ularning har biriga 15 000 000 (o‘n besh million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti, topshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

salyut

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing