BAAdagi Yangi yil salyut shousi Ginnesga kirdi (foto)

Bu qiziq

image

Birlashgan Arab Amirliklari Yangi yil kuni 11 mingdan ortiq salyut bilan shou uyushtirib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda Ras al-Xayma turizmni rivojlantirish departamenti ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, ushbu shou birdaniga ikki toifa – suvdagi va osmondagi eng uzun salyutlar qatori nominatsiyasi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. 

Shou Marjon sun’iy arxipelaglari va Al-Xamra hududi o‘rtasidagi 4,5 km uzunlikdagi qirg‘oq chizig‘ida bo‘lib o‘tgan. Unda suvga o‘rnatilgan pirotexnika vositalaridan tashqari, mingdan ortiq salyut va LED dronlari, shuningdek, akrobatik manevrlarni bajaruvchi yengil samolyotlar ishtirok etgan.

Tadbir davomida dronlar havoda Ras al-Xaymaning tabiiy landshaftini aks ettiruvchi rasmlarni namoyish etgan. Cho‘l, Fors ko‘rfazi qirg‘oqlari va Hajar tog‘larining manzarasi shular jumlasidandir. Dronlar esa Yangi yil shousi uchun maxsus yaratilgan musiqalarga hamohang harakat qilgan.

Ko‘rgazma sakkiz daqiqa davom etib, uni 50 mingga yaqin odam tomosha qilgan. 

Ma’lumot uchun, 2022 yilda ham Ras-al-Xayma amirligi “Bir vaqtning o‘zida eng ko‘p dronlarni uchirish va salyut shousi” va “masofadan boshqariladigan dronlar tomonidan yaratilgan osmondagi eng katta displey” nominatsiyasi bo‘yicha ikkita jahon rekordini o‘rnatgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dubayda qariyb 1,5 ming kv metr maydonni egallagan The Palm Fountain dunyodagi eng yirik favvora sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Birlashgan Arab Amirliklari salyut Ginnes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing