Toshkentda bayram mushakbozligi snaryadi odamlar ustiga tushdi (video)
Jamiyat
−
10 may 2021
21986Kecha, 9 may kuni Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab bayramona salyutlar vaqtida Olmazor tumanining Ziyo va Shifonur ko‘chalari kesishmasi yaqiniga salyutning yonmay qolgan qismi yerga tushib ketgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Guvohlarning aytishicha, yonayotgan element yerga tushib, so‘ngan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida bayram mushakbozligi uyushtirilgandi.
LiveBarchasi