86 yoshli Axbor Imomxo‘jayev o‘zbek futboli nuroniysi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport
−
25 dekabr 2021
3402Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “Uz Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
“O‘zbek futboli nuroniysi” nominatsiyasi bo‘yicha sport jurnalistikasining eng , o‘zbek sharhlovchiligining asoschisi — Axbor Imomxo‘jayev «O‘zbek futboli nuroniysi» sovrini bilan taqdirlandi. Mukofotni jurnalist Abror Imomxo‘jayev qabul qilib oldi.
“Ushbu inson “Paxtakor” stadioni qurilgach, undan o‘zbek tilidagi ilk futbol reportajini jonli efirga olib chiqqan sharhlovchi hisoblanadi. Uning siymosida yuzlab shogirdlarga ustozlik qilgan fenomen, millionlar o‘yiniga bag‘ishlangan qator kitoblar muallifi, o‘z ovozi bilan barcha o‘zbekistonliklar xonadonigacha kirib borgan insonni ko‘ramiz”, deydi Davron Fayziyev.
Umrining 60 yilini Samarqanddagi “Dinamo” stadioni maysasini parvarish qilishga sarflagan 77 yoshli Sadri Nosirov “Fidoyilik ramzi” sovrini bilan taqdirlandi.
“Jasorat” sovrini O‘zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi bosh murabbiyi Murodjon Ahmedovga topshirildi. Eron mezbonlik qilgan surdolimpiada o‘yinlarining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi saralashida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rinni egallagan va 2022 yil Braziliya mezbonlik qiladigan yozgi surdolimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi