81 foizdan ortiq ovoz beruvchilar referendumda qatnashdi
Jamiyat
−
30 aprel 2023
5147Bugun, 30 aprel kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, 15 million 802 ming 095 nafar shaxs O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha referendum uchun ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.
Eng ko‘p aholi Farg‘ona viloyatida – 2 million 209 ming 804 nafar fuqaro ovoz bergan. Keyingi o‘rinlarda ko‘p aholi ovoz berishi bo‘yicha Samarqand (2 081 436) va Qashqadaryo viloyatlari (1 840 371) qayd etilgan.
Statistikaga ko‘ra, soat 17:00 gacha respublikada jami 15 million 802 ming 095 nafar shaxs ovoz bergan, ya’ni saylovchilarning 81,39 foizi referendumda ovoz berishga ulgurgan.
LiveBarchasi