8 nafar o‘zbekistonlik bokschi “Stranja” turnirida g‘alabaga erishdi
Sport
−
23 fevral 2023
11701Ayni kunlarda Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha “Stranja” an’anaviy turniri janglari o‘tkazilmoqda. Kecha, 22 fevral kuni o‘tkazilgan dasturda 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
-75 kg vazn toifasida ikki O‘zbekiston vakili keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun jang qildi. A’loxon Abdullayev va Abdulaziz Abdupattoyev o‘rtasidagi bahsda Abdullayevning qo‘li baland keldi. Shuningdek, Shunqor Abdurasulov, Ruslan Abdullayev, Adhamjon Muhiddinov, Mujibillo Tursunov, Dilshod Abdumurodov, Bahodir Jalolov va Havasbek Asadullayev ham keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Ayollar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida Nozimaxon Bulturova hindistonlik Jyotiga qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchradi.
Eslatib o‘tamiz, “Kichik Jahon chempionati” deb nom olgan turnir bokschilar uchun Jahon chempionati va Olimpiada bahslariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Musobaqa 26 fevralga qadar davom etadi.
LiveBarchasi