8 mart kuni Toshkentda ayol kishiga tegishli Mersedes-Benz va BMW X5 avtomobillari yonib ketdi

Jamiyat

image

Toshkentda ayol kishiga tegishli bo‘lgan Mersedes-Benz va BMW X5 avtomobillari yonib ketdi.

QALAMPIR.UZ to‘plagan ma’lumotlarga qaraganda, yong‘in kecha, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kunida sodir bo‘lgan. 

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan ma’lum qilishlaricha, 8 mart kuni soat 05:30 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 13-uy oldida, ushbu uy 51-xonadonda yashovchi K.I.ga tegishli qora rangli Mersedes-Benz va uning yonida turgan oq rangli BMW X5 rusumli transport vositalarida yong‘in chiqib, avtomashinalarni dvigatel va salon qismlari yongan. 

Mazkur yong‘in yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

857

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing