8 davlat rahbarlari O‘zbekistonga to‘planyapti
Jamiyat
−
31 Oktabr 2023
28507Joriy yilning 8-9 noyabr kunlari O‘zbekistonda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Unda ishtirok etish uchun Ozarbayjon Respublikasii Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar Kakar, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Toshkentga kelishi kutilmoqda.
Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlariga rafiqalari – Mehribon Aliyeva va Emina Erdo‘g‘an hamrohlik qilishi kutilmoqda.
QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, sammitning barcha tadbirlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tadbir kun tartibidan savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, transport, logistika, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Ushbu tashkilotning oxirgi sammiti 2021 yilning noyabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti – a’zo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilotdir. U 1964 yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan “Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish” nomi bilan tuzilgan.
Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun o‘z faoliyatini to‘xtatgan. 1985 yilda “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti” nomi bilan qaytadan o‘z faoliyatini boshladi. 1992 yilning 28 noyabirida Islomobod shahrida a’zo davlatlar Tashki ishlar vazirlari kengashining favqulodda yig‘lishida Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistan, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlari IHTga a’zo bo‘lgan.
LiveBarchasi