Qorabog‘da IHT sammiti qanday o‘tmoqda? (fotoreportaj)
Olam
−
04 iyul 5617 1 daqiqa
Bugun, 4 iyul kuni Ozarbayjonning Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar, IHT bosh kotibi Asad Majid Xon hamda boshqa qator davlatlar va mintaqaviy tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari qatnashdi.




IHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.


Sammitdan so‘ng yetakchilar dasturxon ustida ham suhbatlashdi.



Live
Barchasi